Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi

Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Hindistonda tug‘ilib o‘sgan va keyinchalik Britaniyaga ko‘chib kelgan 36 yoshli tadbirkor, Pretty Little Thing brendi asoschisi va milliarder Umar Kamani 31 yoshli model Nada Adelga uylandi. Bu haqda “Pravila jizni” xabar bermoqda.
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: Vogue Arabia
Nashrning yozishicha, dabdabali to‘y Fransiya janubida bo‘lib o‘tgan va unga 20 million funt sterling (25 mln dollardan ortiq) mablag‘ sarflangan. Ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimidan foto va videolar tarqalmoqda:
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: Vogue Arabia
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: Vogue Arabia
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: Vogue Arabia
Tantanali to‘y tadbirlari to‘rt kun – 2 maydan 5 maygacha davom etdi. Avvaliga payshanba kuni mehmonlar uchun ziyofat uyushtirildi, so‘ng juma kuni Cap-Eden-Ros mehmonxonasida alohida marosim bo‘lib o‘tdi.
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: The Sun
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: Instagram
To‘yga mehmonlardan supermodel Naomi Kempbell, aktrisa Tessa Tompson, komik Rassel Piters, qo‘shiqchi Kristina Milian, Vogue Arabia bosh muharriri Manuel Arno va Red Sea Film Festival\'ning bosh direktori Muhammad Al-Turkiy tashrif buyurdi. Marosimda xonanda Merayya Keri va italiyalik qo‘shiqchi Andrea Bochelli qo‘shiqlar kuylashdi.
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: The Sun
Shanba — to‘yning uchinchi kuni an’anaviy hind marosimi sifatida nishonlandi. Yakshanba kuni kelin-kuyov barbekyu kechasi uyushtirdi.
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: Daily Mail
Juma kungi marosimda kelin Dior brendiga mansub, dizayner Mariya Gratsia Kyuri tomonidan yaratilgan maxsus libosni kiydi. Kuyov Tom Ford brendiga mansub smokingda bo‘ldi.
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: The Telegraph
Kuyov Kamani sevgilisiga uch yil avval turmush qurish taklifini bergan. Buning uchun milliarder Monte-Karlodagi Opera teatrini bir kunga ijaraga olgan va asosiy zalni 10 mingdan ortiq qimmatbaho atirgullar va shamlar bilan to‘ldirgan. O‘sha kechada 25 nafar musiqachi “Sohibjamol va maxluq” filmidan musiqa ijro etgan edi.
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Foto: Daily Mail
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.