Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Ma’lum qilinishicha, Pokiston prezidentiga vazir O‘zbekiston prezidentining salomini yetkazgan.

Ikki tomonlama munosabatlarimizda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan O‘zbekiston—Pokiston aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz. Uchrashuvimiz kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Biz davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlikni rag‘batlantiramiz”, — deyiladi xabarda.

Kecha, 8 may kuni Baxtiyor Saidov Pokiston savdo vaziri Jam Kamol Xon bilan ham uchrashuv o‘tkazgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.