Isroil samolyotlari Suriya artilleriyasiga hujum qildi

Isroil samolyotlari Suriya artilleriyasiga hujum qildi
Isroil samolyotlari Suriya artilleriyasiga hujum qildi

Isroil aviasiyasi 13 sentyabrga o‘tar kechasi Suriya hukumati qo‘shinlari tarkibidagi artilleriya qismi joylashgan hududdan otilgan snaryad mamlakat hududiga, Golan tepaliklarining Isroil tomonidagi qismiga kelib tushganiga javoban Suriya hududiga hujum uyushtirgan, deb xabar beradi \"Kun\" nashri.

Bu keyingi 9 kun mobaynidagi to‘rtinchi shunday holat bo‘ldi.

Suriya artilleriyasi tomonidan otilgan snaryad oqibatida jabrlanuvchilar bo‘lmagani aytilgan.

Isroil harbiylari rasmiy Damashqni qo‘shni davlatga nisbatan agressiv harakatlarda ayblamoqda.

\"Biz Suriyadagi tuzum Suriyadagi harakatlar uchun javobgar deb bilamiz. Biz Isroil suvereniteti va isroilliklarga mavjud tahdidlarga toqat qilib turmaymiz\", deyilgan armiya vakillari bayonotida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.