Klinton salomatligi haqida yangi ma’lumotlarni chop etdi

Klinton salomatligi haqida yangi ma’lumotlarni chop etdi
Klinton salomatligi haqida yangi ma’lumotlarni chop etdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton o‘z salomatligi haqida yangi ma’lumotlarni chop etdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Klinton bergan ma’lumotlar orasida uning o‘pkasi surati ham bor. Suratga izohda Klintonda \"o‘pka yallig‘lanishining yengil, yuqumsiz ko‘rinishi\" kuzatilayotgani aytilgan. Klinton o‘n kun davomida kuchli antibiotik qabul qilgan.

Klintonning shaxsiy davolovchi shifokori u kasallikdan keyin sog‘ayotgani va shu bilan birga mamlakat rahbari bo‘lish uchun yaxshi formada qolayotganini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, sinovlar Klinton \"ajoyib ruhiy holatda\" ekanligini ko‘rsatgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.