Nemis tilidan birinchilikni olgan andijonlik qizning ota-onasiga Umra yo‘llanmasi berildi

Germaniyaning Gyottingen shahrida bo‘lib o‘tgan nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan andijonlik o‘quvchi qizning ota-onasiga Makka shahriga – Umra ziyorati uchun yo‘llanma berildi.
Bu haqda Toshknet shahridagi turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardan biri o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Rayyona Ibrohimovaning o‘ziga esa tashakkurnoma taqdim etilgan.
Firma ma’muriyati ushbu xatti-harakatini «yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishni qasd qilgan va farzandlarini bilimli, ma’rifatli bo‘lishida ertayu kech sabr va iroda bilan harakat qilgan ota-onani taqdirlash, rag‘batlantirish», deya izohlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu haqda Toshknet shahridagi turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardan biri o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Rayyona Ibrohimovaning o‘ziga esa tashakkurnoma taqdim etilgan.
Firma ma’muriyati ushbu xatti-harakatini «yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishni qasd qilgan va farzandlarini bilimli, ma’rifatli bo‘lishida ertayu kech sabr va iroda bilan harakat qilgan ota-onani taqdirlash, rag‘batlantirish», deya izohlaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













