Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiya prezidenti o‘g‘liga itlar sovg‘a qildi

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiya prezidenti o‘g‘liga itlar sovg‘a qildi
Foto: “Xroniki Turkmenistana”
Turkmaniston sobiq prezidenti va Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiya prezidenti o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘onga itlar sovg‘a qildi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Butunjahon etnik sport konfederatsiyasi raisi Bilol Erdo‘g‘on Turkmaniston mustaqilligi kuni arafasida Ashxobodga tashrif buyurgan. Gurbanguli Berdimuhamedov u bilan Turkmanistonda sportni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiya prezidenti o‘g‘liga itlar sovg‘a qildi
Foto: “Xronika Turkmenistana”
Bayram sovg‘asi sifatida Berdimuhamedov unga ikkita Alabay itini sovg‘a qilgan. Mehmonga Arqadag‘ shahri ham ko‘rsatilgan. Mazkur shahar 29 iyun kuni ochilgan bo‘lib, uning qiyofasida milliy me’morchilik an’analari hamda me’morchilik va dizayndagi zamonaviy yo‘nalishlar uyg‘unlashgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiya prezidenti o‘g‘liga itlar sovg‘a qildi
Foto: “Xronika Turkmenistana”
Ta’kidlanishicha, amaldagi prezident Serdar Berdimuhamedov Bilol Erdo‘g‘on bilan “sport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish”ni ham muhokama qilgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiya prezidenti o‘g‘liga itlar sovg‘a qildi
Foto: “Xronika Turkmenistana”
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.