Konya shahrida toʻrt qavatli bino qulab tushdi: tergov boshlandi

Konya shahrida toʻrt qavatli bino qulab tushdi: tergov boshlandi
Foto: gazeta Yeni Şafak
24-yanvar kuni Turkiyaning Konya shahrida toʻrt qavatli turar joy binosi qulab tushdi. Qutqaruvchilar xarobalar ichida qolib ketgan 3 kishini tirik holda olib chiqishdi, shuningdek, 2 kishining jasadi topildi. Konya prokuraturasi voqea yuzasidan tergov boshladi va ishga aloqadorlikda gumon qilinib 4 kishi hibsga olindi.
Konya shahrida toʻrt qavatli bino qulab tushdi: tergov boshlandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, falokat tungi vaqtda Selchuklu tumani markazida yuz bergan. Konya meri Ibrohim Altay binolarning juda eski boʻlganini ta'kidlab, hodisa sabablari haqida aniq ma'lumot yoʻqligini aytdi.

Voqea joyiga zudlik bilan favqulodda xizmatlar, qutqaruvchilar va politsiya etib kelgan. Xarobalar ostida qolgan deb taxmin qilingan 5 kishidan 3 nafari tirik holda qutqarilgan, qolgan 2 kishi (erkak va ayol)ning jasadlari topilgan.
Konya shahrida toʻrt qavatli bino qulab tushdi: tergov boshlandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Konya prokuraturasi tergov davomida 4 kishining qoʻlga olinganini ma'lum qildi.

«Tergov davomida voqeaga aloqadorlikda gumon qilinib 4 kishi hibsga olindi. Ayni vaqtda voqea joyida prokuratura boshchiligida ekspertlar komissiyasi bilan hamkorlikda sinchkovlik bilan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi Yeni Safak nashri keltirgan bayonotda.
Konya shahrida toʻrt qavatli bino qulab tushdi: tergov boshlandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Konya shahridagi falokatda suriyalik yigitning koʻpchilikni qutqargani haqida videolar tarqaldi. Ma'lum boʻlishicha, hodisa vaqtida yigit har bir xonadon eshigini taqillatib, odamlarni ogohlantirib chiqqan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.