Ukraina harbiylariga yaroqsiz granatalar yuborildi: “Porox oʻrniga makkajoʻxori uni”

Ukraina harbiylariga yaroqsiz granatalar yuborildi: “Porox oʻrniga makkajoʻxori uni”
Ukraina Qurolli kuchlariga makkajoʻxori uni bilan toʻldirilgan F-1 granatalari etkazib berildi. Bu haqda RIA Novosti ukrainlik jurnalist Yuriy Butusovning OAVga aytgan soʻzlariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga, ehtimol, don bilan toʻldirilgan yaroqsiz granatalar yuborilgan.

“F-1 yaroqsiz granatalari frontga kelib tushdi”, — deydi Butusov.

Maqolada qayd etilishicha, jurnalist e'lon qilgan videoda Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari porox oʻrniga makkajoʻxori uniga oʻxshab ketadigan granatani koʻrsatmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.