AQSh Xitoy import bojlarini 54% gacha tushirishni rejalashtirmoqda

AQSh Xitoy import bojlarini 54% gacha tushirishni rejalashtirmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp ma\'muriyati Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga qo\'yilgan bojxona to\'lovlarini 145% dan 50–54% gacha kamaytirishni rejalashtirmoqda, deb Kursiv xabar berdi .

Bu qaror Jenevada bo\'lib o\'tadigan AQSh-Xitoy savdo muzokaralari arafasida qabul qilinmoqda. Shuningdek, Vashington Janubiy Osiyo davlatlaridan keladigan tovarlarga bojlarni 25% gacha tushirishni ko\'rib chiqmoqda.

Trampning aytishicha, avval joriy etilgan bojlar juda yuqori bo\'lgan va ularni sezilarli darajada kamaytirish rejalashtirilmoqda, ammo nolga tushirilmaydi. U Xitoy bilan do\'stona ruhda muzokaralar olib borish niyatida ekanligini ta\'kidladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.