Rossiyaga kirish ruID’siz ham mumkin bo‘ladi

Rossiyaga kirish ruID’siz ham mumkin bo‘ladi
Rossiyaga kirish uchun ruID ilovasida raqamli ro‘yxatdan o‘tish majburiy emas, deb Kursiv.uz xabar berdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qilgan.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, vizali va elektron vizali kirish qoidalari o‘zgarishsiz qoladi. Ilovada ariza to‘ldirilmagan taqdirda ham bu chegaradan o‘tishga ta’sir qilmaydi va kirishdan bosh tortish sababi bo‘lmaydi.

Avvalroq, Rossiyada xorijiy fuqarolar uchun ruID mobil ilovasi ishga tushirilgan edi. Bu ilova orqali vizasiz kirish, biometrik ro‘yxatdan o‘tish va davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Biroq bu ro‘yxatga olish ixtiyoriy hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.