Rossiya dronlariga qarshi Yevropa choralari


Kopengenda Yevropa Ittifoqi rahbarlari sammiti o‘tkazildi. Daniya xavfsizlikni kuchaytirib, dron parvozlarini vaqtincha taqiqladi. Bu choralar o‘tgan haftada bo‘lgan dron hodisalaridan keyin ko‘rildi.
Sammitda “dron devori” rejasi muhokama qilindi. Polsha, Estoniya, Britaniya, Shvetsiya, AQSh va boshqa davlatlar dronlarga qarshi qo‘shma mudofaa tizimini qo‘llab-quvvatladi. Germaniya ham Kopengenga harbiy kema yubordi.
Daniya va Shvetsiya rahbarlari Rossiyani asosiy xavf deb atadi. NATO bosh kotibi Mark Rutte ham Yevropa osmonini himoya qilish zarurligini aytdi.
Uchrashuvda Yevropa mudofaasini mustahkamlash va Ukrainaga yordam berish masalalari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













