Gruziyada davlat to‘ntarishiga urinishda 13 kishi qo‘lga olindi


Gruziyada davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bilan 13 kishi hibsga olindi, deb xabar berdi mamlakat Ichki ishlar vazirligi. Ma’lumotga ko‘ra, ushbu holat 4 oktyabr kuni mahalliy saylovlar paytida yuz bergan.
Bu haqda Gruziya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Daraxvelidze ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “4 oktyabrdagi tartibsizliklarda ishtirok etgan 15 nafar shaxs aniqlandi, shundan 13 nafari qo‘lga olindi”, — degan u brifingda.
Hozirda hukumatni ag‘darishga urinish, guruhli zo‘ravonliklarda qatnashish va konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirishga urinish bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













