Bag‘dodda yana portlash: 12 kishi qurbon bo‘ldi


Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida sodir etilgan navbatdagi portlash tufayli kamida 12 kishi qurbon bo‘ldi, yana 50 kishi jarohatlandi. Bu haqda Reyter agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, shaharning sharqiy qismida avtomobil portlatilgan.
Oxirgi marta 3 yanvar kuni Bag‘dodda IShID terrorchisi tomonidan portlash sodir etilgan, bu terakt oqibatida 35 kishi halok bo‘lib, 60 kishi jarohatlangandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













