Erondagi Shodan konida 61 million tonna oltin zaxirasi topildi

Erondagi Shodan konida 61 million tonna oltin zaxirasi topildi

Eronning Xuroson provinsiyasidagi Shodan oltin konida 61 million tonna oltin zaxirasi aniqlandi. Bu haqda \"Fars\" agentligi xabar berdi.

Hukumat tomonidan tasdiqlangan zaxiralar Shodan konidagi oltin rudasining 7,95 millioni oltin oksidli ruda, 53,1 millioni esa oltin sulfidli rudaga tegishli. Bu esa Shodan konini mamlakatning eng yirik oltin konlaridan biriga aylantirmoqda.

Shodan koni Eronning sharqiy qismida, Janubiy Xuroson viloyatida joylashgan. Bu hudud Fors ko‘rfazi va Afg‘oniston chegarasiga yaqin bo‘lib, mamlakatning eng yirik oltin loyihalaridan biri hisoblanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.