Afg‘onistonda ommaviy qatl: 80 ming kishi tomosha qildi

Afg‘onistonda ommaviy qatl: 80 ming kishi tomosha qildi

Afg‘onistonning Xost provinsiyasida “Tolibon” hukumati ommaviy o‘lim jazosini ijro etdi. Stadionda 80 mingga yaqin odam ishtirok etgan marosimda ayblanuvchiga o‘lim jazosi berildi. Hukm, oliy sud tomonidan bir necha bosqichda ko‘rib chiqib, “Tolibon” yetakchisi tomonidan ma’qullangan. Ayblanuvchining oilasi kechirish taklifini rad etgani uchun jazo ijro etilgan. BMT va inson huquqlari tashkilotlari Afg‘onistondagi o‘lim jazosini tanqid qilmoqda. Tanqidchilar sud jarayonlarida advokatlarning ishtirokini cheklovchi “Tolibon”ning sud tizimini xalqaro standartlarga muvofiq emas deb hisoblaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.