Shotlandiyalik ayol 150 yillik to‘y libosini yo‘qotib qo‘ydi

Shotlandiyalik ayol 150 yillik to‘y libosini yo‘qotib qo‘ydi
2016 yil iyunida Shotlandiyaning Xaddington shahrida turmushga chiqqan Tess Nyuall ko‘p o‘tmay, o‘zining to‘y libosini yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Shotlandiyalik ayol 150 yillik to‘y libosini yo‘qotib qo‘ydi

2016 yil sentyabr oyida Tess Nyuall o‘zining to‘y libosini Edinburgdagi kimyoviy tozalash idorasiga topshirdi. Biroq tez orada ayol ushbu muassasa yopilgani va endi ko‘ylakni qaytarib ololmasligidan xabar topdi.

Tess Nyuall o‘zining Facebook’dagi sahifasida bu shunchaki libos emas, haqiqiy oilaviy yodgorlik ekanligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ylakni ilk bor 1870 yil Tessning buvisining onasi kiygan. Shu tariqa, libos Tessga meros qolgan.
Shotlandiyalik ayol 150 yillik to‘y libosini yo‘qotib qo‘ydi

Tess ko‘ylakni sotishlari ehtimoli borligini aytib, Facebook foydalanuvchilaridan uni topish uchun yordam berishlarini so‘radi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.