Hamburg aeroportida 50 kishi gazdan zaharlandi

Hamburg aeroportida 50 kishi gazdan zaharlandi
Hamburg aeroportida 50 kishi gazdan zaharlandi

Germaniyaning Hamburg shahri aeroportida favqulodd holat ro‘y berib, kamida 50 kishi noma’lum gazdan zaharlandi va evakuasiya qilindi. Xavfsizlik xizmati xodimlari ma’lum qilishicha, gaz sovutish tizimidan sizib chiqqan, deb yozadi Kun nashri.

Aeroport hududidagi bir qancha kishilar nafas olishda qiynalayotganidan shikoyat qilgan va noxush isni sezayotganini bildirgan.

Ayni vaqtda hududga tez tibbiy yordam xizmati vakillari etib kelishgan va jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Barcha terminallardagi odamlar olib chiqilib, aeroport vaqtinchalikka yopilgan. Hududda o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmatlari ishlamoqda, mutaxassislar noma’lum gaz tarkibini o‘rganishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.