Rossiyaning “Proton-M” raketasi Zabaykale o‘lkasi hududiga qulab tushdi

Rossiyaning “Proton-M” raketasi Zabaykale o‘lkasi hududiga qulab tushdi
Rossiyaning “Proton-M” raketasi Zabaykale o‘lkasi hududiga qulab tushdi

16 may kunida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan, bortida Meksika aloqa yo‘ldoshi bo‘lgan “Proton-M” raketasi o‘z parvozining 498-soniyasida dvigatellari to‘xtab qolgandan keyin ko‘taruvchi blok va sun’iy yo‘ldosh bilan birga Zabaykale o‘lkasi hududiga qulab tushdi. Bu haqda “Roskosmos” matbuot xizmati\'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Raketa tashuvchining uchinchi bosqichi baklarida 10 tonnaga yaqin o‘ta zaharli yoqilg‘i qomponentlari qolgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

“3-bosqich dvigateli o‘ziga ajratilgan 4 daqiqadan 3 daqiqa ishlagan, ya’ni baklarda yana sarflanmagan chorak qismcha yoqilg‘i zaxirasi qolgan bo‘lishi mumin. Bundan tashqari, 5 tonna xuddi shunday yoqilg‘i – nosimmetrik dimetilgidrazin va azotli tetroksid “Briz-M” ko‘taruvchi bloki baklarida qolgan bo‘lishi mumkin”, deb aytmoqda koinot sohasida faoliyat yurituvchi manbalardan biri.

“Progress M-27M” ning avariyaga uchrashiga “Soyuz 2.1A” raketa tashuvchisining uchinchi bosqichining vaqtidan avval ajralishi sabab bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.