Suriya armiyasi Damashq atrofini jangarilardan tozalashga kirishdi


Suriya armiyasi jangchilari poytaxt Damashq shahri atrofidagi hududda joylashgan Kabun kvartalida harbiy amaliyot boshladi. Bu haqda \"Al-Mayadin\" telekanaliga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ikki hafta muqaddam Suriya armiyasi bosh qo‘mondonligi buyrug‘i bilan Kabunga varaqalar tashlangan, jangarilardan qurollarni topshirib, taslim bo‘lish so‘ralgandi. Ask holda, hukumat qo‘shinlari harbiy yurish boshlanishidan ogohlantirilgandi.
Damashqdan sharqdagi bu hudud ayni vaqtda \"Ahror ash-Shom\" va \"Jabhot an-Nusra\" jangarilari nazoratida hisoblanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













