Ukrainada Mi-24 harbiy vertolyoti halokatga uchradi

Ukrainada Mi-24 harbiy vertolyoti halokatga uchradi

Ukraina Qurolli Kuchlari jangovar vazifani bajarish jarayonida Mi-24 rusumli harbiy vertolyotni yo‘qotdi. Hodisa oqibatida havo kemasi ekipaji halok bo‘lgan.

Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlarining «Xerson» 11-alohida armiya aviatsiya brigadasi rasman ma’lum qildi.

Brigada bayonotida qayd etilishicha, jangovar topshiriqdan qaytib kelmagan Mi-24 vertolyoti ekipaji mamlakat uchun xizmat qilib kelgan fidoyi harbiylar bo‘lgan.

«Biz ushbu og‘ir va tuzatib bo‘lmas yo‘qotish haqida chuqur qayg‘u bilan xabar bermoqdamiz. Quroldoshlarimiz — Mi-24 vertolyoti ekipaji jangovar vazifadan qaytmadi. Ular haqiqiy vatanparvar, yuksak mas’uliyatga ega hamda chinakam munosib ofitserlar edi», — deyiladi brigada tarqatgan bayonotda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.