Livan Isroil bilan muzokaralar haqidagi xabarlarni rad etdi

Livan Isroil bilan muzokaralar haqidagi xabarlarni rad etdi

AFP agentligining mamlakat hukumatiga tayanib xabar berishicha, Livan rasmiylari Isroil bilan o‘tkazilishi aytilgan muzokaralar haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirgan.

Bayrut rasmiylari xalqaro kanallar orqali bu borada hech qanday taklif yoki rasmiy xabar kelib tushmaganini ta’kidlagan.

Avvalroq esa AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Isroil va Livan o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini yozgan edi.

Biroq ushbu uchrashuvda qaysi darajadagi rasmiylar ishtirok etishi va muzokaralar qayerda bo‘lib o‘tishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.