Qrimdagi dron hujumi oqibatida qurbonlar soni ma’lum bo‘ldi

Qrimdagi dron hujumi oqibatida qurbonlar soni ma’lum bo‘ldi

Qrim yarimorolidagi Jankoy shahrida dronlar hujumi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 5 nafar kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksyonov rasmiy bayonot bergan. U qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, Sevastopol shahrida ham havo hujumi xavfi tufayli maxsus choralar ko‘rilgan.

Shahar gubernatori Mixail Razvojayevning aytishicha, Verxnesadovoye qishlog‘i va shaharning shimoliy qismida 4 ta dron yo‘q qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sevastopolda fuqarolik obyektlariga zarar yetmagan.

Keyinroq shaharda havo xavfi rejimi bekor qilingani xabar qilindi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.