500 ta nondan tikilgan libos barchani lol qoldirdi

500 ta nondan tikilgan libos barchani lol qoldirdi

Foto: Videodan kadr

Nigeriyada bo‘lib o‘tgan “Africa Magic Viewers’ Choice Awards” marosimida realiti-shou yulduzi Mersi Atang 500 dan ortiq non tikilgan libosda qatnashib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Uning aytishicha, noodatiy libos non ishlab chiqarish biznesini reklama qilish uchun yaratilgan. Libos dizayneri Toyin Lavan esa bu g‘oyani “har kim o‘z biznesini kiyib chiqsin” trendi deb atagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrimlar libosni ijodiy yondashuv sifatida maqtagan bo‘lsa, boshqalar buni oziq-ovqat isrofi deb tanqid qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.