Litvada samolyot halokatida 82 yoshli uchuvchi vafot etdi

Litvada yengil samolyot halokati oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda Delfi axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada ishlab chiqarilgan ikki o‘rindiqli Aeroprakt A-22 samolyoti Radvilishkskiy tumanidagi Rokonyay qishlog‘i yaqinida qulagan. Samolyotni uning 82 yoshli egasi Kazimiyeras Masilyonis boshqargan.
Hodisa oqibatida uchuvchi voqea joyida halok bo‘lgan. Samolyotdagi ayol yo‘lovchi esa jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot havaskor aviatsiya ixlosmandlari foydalanadigan kichik aerodrom yaqinida qo‘nish vaqtida qulab tushgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













