Everestni qo‘llarida zabt etgan alpinist

Everestni qo‘llarida zabt etgan alpinist

Rustam Nabiyev inson irodasi va matonatining yorqin namunasi sifatida tarixga kirdi. U dunyoning eng baland nuqtasi — 8848 metr balandlikdagi Everest cho‘qqisini qo‘llari yordamida zabt etgan ilk insonlardan biri bo‘ldi.

Rustam Nabiyev 2015 yilda Omsk shahrida yuz bergan harbiy kazarma qulashi oqibatida og‘ir jarohat olib, ikki oyog‘idan ayrilgan. Shunga qaramay, u hayotdan voz kechmadi — aksincha, sport va alpinizmga yanada jiddiy kirishdi. U o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yib, dunyoning turli mashhur cho‘qqilarini zabt etishga kirishdi.

Everest sari yo‘l esa ayniqsa murakkab va xavfli bo‘ldi. Bir haftadan ortiq davom etgan ko‘tarilish jarayonida u muzliklar, tik qoyalar va 8400 metr balandlikdagi “o‘lim zonasi” deb ataluvchi hududni faqat qo‘llari yordamida bosib o‘tdi. Bu hududda kislorod yetishmovchiligi va keskin ob-havo sharoiti har qanday alpinist uchun katta sinov hisoblanadi.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, 20 may kuni Rustam Nabiyev Everest cho‘qqisiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Uning bu yutug‘i nafaqat sport tarixida, balki inson irodasi haqida hikoya qiluvchi ilhomlantiruvchi voqea sifatida ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.