Ispaniyada avtomobil ichida unutib qoldirilgan ikki yoshli qizaloq vafot etdi

Hodisa 20 may kuni yuz bergan. Ma’lum qilinishicha, ota ertalab katta farzandini maktabga olib borgach, kichik qizini bog‘chaga olib ketishi kerak bo‘lgan.
Ammo telefon qo‘ng‘irog‘i sabab chalg‘ib, bog‘cha tomon emas, ishga yo‘l olgan va qizaloqni mashinada unutib qoldirgan.
Soat 15:00 lar atrofida ona qizini bog\'chadan olib ketishi uchun kelganida tarbiyachi bola ertalab olib kelinmaganini aytgan.
Shundan keyin ota-ona vaziyatni anglab tez yordam chaqirgan. Qizaloq shifoxonaga olib borilgan. Ammo shifokorlar uni vafot etganini ma\'lum qilgan.
Shahar ma\'muriyati qizaloq xotirasiga 2 kunlik matom e\'lon qildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













