Kongoda Ebola vahimasi: aholi shifoxonaga o‘t qo‘ydi

Kongoda Ebola vahimasi: aholi shifoxonaga o‘t qo‘ydi

Kongoda odamlar Ebola bilan vafot etgan deb gumon qilingan yigitning jasadini olishga ruxsat berilmagach, shifoxona hududidagi izolyatsiya chodirlariga o‘t qo‘ygan.

Ikki chodir yonib ketgan, bir tibbiyot xodimi jarohat olgan. Politsiya vaziyatni tarqatish uchun havoga ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

Rasmiylarga ko‘ra, mahalliy aholining bir qismi Ebola kasalligiga ishonmaydi. Aholi buni nodavlat tashkilotlar va shifoxonalar pul ishlash uchun tashqaridan o‘ylab topilgan kasallik deb hisoblaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa mintaqada Ebola bilan bog‘liq yuzlab gumonli holatlar sabab favqulodda holat e’lon qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.