30 ta toshbaqani yashirib olib chiqmoqchi bo‘lgan qiz ushlandi

30 ta toshbaqani yashirib olib chiqmoqchi bo‘lgan qiz ushlandi

Tailandda noodatiy va noqonuniy harakat fosh etildi. Bir qiz 30 ta toshbaqani mamlakatdan yashirin tarzda olib chiqishga uringan.

U toshbaqalarni maxsus kichik qopchalarga joylab, ularni tanasi ostiga yashirib olgan holda bojxona nazoratidan o‘tishga harakat qilgan. Biroq uning shubhali harakatlari bojxona xodimlari e’tiborini tortgan va u qo‘shimcha tekshiruvga yuborilgan.

Tekshiruv davomida barcha yashirilgan hayvonlar aniqlanib, noqonuniy harakat fosh etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan unga nisbatan rasmiy ayblovlar qo‘yilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Tailand dunyoda noqonuniy hayvon savdosi keng tarqalgan hududlardan biri bo‘lib, bu yerda noyob va himoyadagi turlar yuqori narxlarda sotilishi bilan bog‘liq xavfli bozor mavjud.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.