Tomsk aholisi yong‘in tufayli 7 qavatdan sakragan bolani qutqarib qoldi (Video)

Tomsk aholisi yong‘in tufayli 7 qavatdan sakragan bolani qutqarib qoldi (Video)
Rossiyaning Tomsk shahar aholisi yonayotgan 7 qavat balkonidan sakragan 9 yoshli bolani qutqardi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Voqeaga guvoh bo‘lganlar bolani qutqarish uchun reklama banneridan foydalanishdi.

“Hodisa guvohlari 7 qavat balkonida turgan bolani ko‘rgandan keyin reklama bannerini yirtib olib, uni pastda tutib turgancha, bolani sakrashga undashdi. 7 qavatdan sakragan bola kasalxonaga yotqizildi”, deb xabar berdi hududiy FVV vakili.

Yong‘in Tomsk shahridagi Irkutsk ko‘chasida yuz berib, ko‘p qavatli uyning 7 qavatidagi kvartira yongan. Etib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni 14 daqiqada o‘chirganiga qaramay, olov xona shipi va devorlarini egallab ulgurgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.