Toronto markazida portlash ro‘y berdi

Toronto markazida portlash ro‘y berdi
Kanadaning Toronto shahridagi moliyaviy tumanda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hodisa Torontodagi asosiy 5 bank joylashgan ko‘chada ro‘y bergan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Portlashdan keyin yuzaga kelgan qalin tutun tufayli yo‘lda avtomobillar harakatida muammolar kelib chiqqan.

Associated Press agentligining o‘t o‘chiruvchilarga asoslanib xabar berishicha, er osti transformatorida portlash bo‘lgan va yong‘in chiqqan.

Polisiya bu hodisa terror bilan aloqador emasligini ma’lum qildi.

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.