Jazirama yozda Qozog‘istonda qor yog‘di

Jazirama yozda Qozog‘istonda qor yog‘di
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Darinsk poselkasida 11 iyul kuni qor va do‘l yog‘di. Guvohlarning aytishicha, do‘l diametri 2 santimetrgacha etgan.
Jazirama yozda Qozog‘istonda qor yog‘di
Jazirama yozda Qozog‘istonda qor yog‘di
Ma’lumotlarga qaraganda, 11 iyul kuni 1 soat davomida yoqqan qor qalinligi ayrim hududlarda 9-10 santimetrga etgan. Sinoptiklar shu kuni kuzatilgan yog‘ingarchilik miqdori 99,6 mm ekanini ma’lum qilishdi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har 15 marta momaqaldiroq holati qayd etilganida, ular orasida 1 martasida do‘l yog‘adi. Bu sovuq atmosfera frontining o‘tganidan yoki yuqori siklon bilan bog‘liq.

Mahalliy aholi do‘l ostida qolgan hosilning taqdiridan tashvishga tushgan. Ulardan biri ijtimoiy tarmoq orqali quyoshli Qozog‘istonda bunday harorat kuzatilishi mumkinligini tasavvur ham qilmaganini yozib qoldirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.