"Bu Angliyami?": migrantlar avtobus dvigatelida Buyuk Britaniyaga kirib olishdi

"Bu Angliyami?": migrantlar avtobus dvigatelida Buyuk Britaniyaga kirib olishdi
Buyuk Britaniyada avtobus haydovchisi o‘z transport vositasining motor joylashgan qismida Sudan va Eritreyadan bo‘lgan to‘rt muhojirni topdi, deb yozmoqda Kun.uz.

Nashrning xabar qilishicha, avtobus Fransiyaning Kale shahridan Buyuk Britaniyaga qaytib kelayotgan bo‘lgan. Haydovchi yo‘l bo‘yidagi servisda to‘xtaganida, dvigatel joylashgan yerdan turli tovushlar chiqayotganini eshitdi. Haydovchi motor bo‘lmasini ochgach, u yerdan migrantlarni topgan.

\"Motor bo‘lmasini ochdim va u yerda yoqimsiz tasavvur uyg‘otgan yuzni ko‘rdim. U yerdagi harorat Selsiy bo‘yicha taxminan 65 daraja bo‘lishi kerak edi. Ular to‘rt nafar edi, hamda bu yerda kamida besh yarim soat davomida bo‘lishgan\", - deya aytib o‘tdi britaniyalik nashrga.

O‘z navbatida muhojirlar: \"Bu Angliyami?\" deya baqirishgan. Haydovchi politsiyachilarni chaqirtirdi, ular avtobusdan \"chaqirilmagan mehmonlarni\" olib chiqishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.