Qamishzor ichiga yashiringan 40 nafar IShID jangarilari yo‘q qilindi

Qamishzor ichiga yashiringan 40 nafar IShID jangarilari yo‘q qilindi
Iroqning Al-Havija tumanida 40 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

Iroqning Kerkuk viloyatiga qarashli Al-Havija tumanidagi qishloqlarda Iroq mudofaa kuchlari tomonidan 40 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi.

Iroq mudofaa kuchlari qo‘mondoni Zaki Kamol bergan bayonotga ko‘ra, Al-Havija tumani hududida joylashgan Rashod qishlog‘idagi qamishzorda yashiringan 40 nafar terrorchi o‘ldirilgan.

Iroq armiyasi IShID jangarilari nazorati ostidagi Al-Havija ozod etishga qaratilgan hujumlarni boshlagach, IShID jangarilari mag‘lubiyatga uchragan, bir qismi boshqa hududlarga qochib ketishga ulgurgan edi.

Bir so‘z bilan aytganda, Al-Havija avvalroq Iroq mudofaa kuchlari tomonidan “tozalangan” edi. Mazkur hududga tinch aholi vakillari kelib o‘rnashayotgan paytda jangarilarning yana paydo bo‘lishi Iroq harbiylarini sergak tortishga majbur qildi.

Ma’lumot uchun, Al-Havija Iroq mudofaa kuchlari tomonidan oktyabr oyining boshida IShIDdan butunlay ozod etilgan hudud, deyub e’lon qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.