Qirg‘iz somi dunyoning eng kuchsiz pul birliklari o‘ntaligiga kirdi

Qirg‘iz somi dunyoning eng kuchsiz pul birliklari o‘ntaligiga kirdi
Qirg‘iz somi dunyoning eng kuchsiz pul birliklari o‘ntaligiga kirdi

Qirg‘iz somi «RBK» Quote versiyasi bo‘yicha 2014 yilda dunyoning eng kuchsiz pul birliklari o‘ntaligiga kirdi, U ushbu ro‘yxatda 9-o‘rinni egalladi, Bu haqda «KNews»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Nashr tahlilchilari qayd etishicha, 2014 yil yanvaridan buyon qirg‘iz valyutasi 14 foizga qadrsizlangan. Serb dinori, Chili pesosi, shved kronasi, Seyshel rupiyasi va Moldova leyi qiymati ham shunga o‘xshash darajada tushgan.

Dunyo devalvasiyasi natijalariga ko‘ra, qirg‘iz somi barqarorlikda Ukraina grivnasidan bir pog‘ona, Rossiya rublidan ikki pog‘ona va qozoq tangasidan sakkiz pog‘ona o‘zib ketdi. Ukraina grivnasi 46 foizga, Rossiya rubli esa 39 foizga qadrsizlangan.

Foto: knews.kg
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.