Sanksiyalar tufayli Shimoliy Koreyada oziq-ovqat mahsulotlari narxi 160 foizga ko‘tarilib ketdi

Sanksiyalar tufayli Shimoliy Koreyada oziq-ovqat mahsulotlari narxi 160 foizga ko‘tarilib ketdi
Shu haqda Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yenchi rasman ma’lum qildi. Uning aytishicha, Xalqaro sanksiyalar kuchga kirgach, oziq-ovqat mahsulotlari narxi haqiqatan 160 foizga ko‘tarilgan. Bu mamlakatda bojxonadan o‘tish, transport vositalaridan foydalanish, bank tizimida operatsiyalar yuritish jiddiy muammoga aylangan. Sarmoyadorlar birma-bir Shimoliy Koreyani tark etishga kirishdi.

Yenchi ta’kidlab o‘tdiki, sanksiyalar Kim Chen In hukumatining yadro qurollari sinovlarini ketma-ket tashkil etishi, bu harakat bilan Amerika hamda ittifoqdoshlari tinchligiga rahna solishi natijasida e’lon qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.