Rossiyalik teatr aktrisasi 9 yoshli bolakayni kaltaklagani uchun ayblanmoqda

Rossiyalik teatr aktrisasi 9 yoshli bolakayni kaltaklagani uchun ayblanmoqda
Xabarda aytilishicha, Rossiyaning Buff tearti aktrisasi Peterburgdagi o’yin maydonlarining birida yosh bolani kaltaklagani uchun ayblanmoqda.

Hodisa bolalar maydonda qor o’ynayotgan paytlari sodir bo’lgan va qandaydir daqiqada ular orasida janjal kelib chiqqan. O’yin maydonchasidagi kattalar bolalarning janjalini bo’lishmagan, ammo aktrisa Irina B. o’g’lining tarafini olgancha jahl bilan 9 yoshli boshqa bir bolani yerga yiqitib, bir necha bor kaltaklagan.

Jabrlanuvchining onasi bolakayni shifoxonaga olib borgach, yetkazilgan jarohatlar qat’iy ravishda tasdiqlandi va jabrlanuvchining onasi aktrisa ustidan politsiyaga shikoyat yozgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.