Qozog‘istonlik yigit o‘zini qiz ko‘rsatib, go‘zallik tanlovining finaliga chiqdi (video)

Qozog‘istonlik yigit o‘zini qiz ko‘rsatib, go‘zallik tanlovining finaliga chiqdi (video)
Qozog‘istonning Olmaota shahrida istiqomat qiluvchi Ilay Dyagilev o‘zini qiz ko‘rsatib, Miss Virtual Kazakhstan onlayn go‘zallik tanlovining finaliga yetib bordi. Bu haqda Hordiq nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, 22 yoshli yigit qizlarning kiyimini kiyib, o‘zini Arina Aliyeva deb tanishtirgan.

Uning suratlari tanlovda ovoz bergan ko‘pchilikka ma’qul tushdi, natijada Dyagilev finalga qadar yetib bordi. Oxir-oqibat u haqiqatni oshkor qildi va bunday ish qilishiga nima sabab bo‘lganini tushuntirdi.

«Do‘stlarim bilan go‘zallik masalasida bahslashib qoldim. Shunda tanlovda ishtirok etishga qaror qildim. Mening o‘zim har doim tabiiy go‘zallikni yoqlab kelganman. Hozir, ko‘rib turibsizki, ko‘p qizlar bir ko‘rinishda yuradi, bir xil bo‘yanadi, bir xil kiyinadi va trendga ergashsam, chiroyli bo‘laman deb o‘ylaydi. Ammo men bunday fikrda emasman», — dedi Dyagilev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.