Bishkekda 1464 kg beshbarmoq va 117 metr chuchuk tayyorlandi

Bishkekda 1464 kg beshbarmoq va 117 metr chuchuk tayyorlandi
Tayyor taom bolalar uylariga va yetti viloyat oqsoqollariga tarqatildi.
Foto: «akipress.org»

Yodingizda bo‘lsa, Qirg‘izistonda rekord miqdorda beshbarmoq tayyorlanishi rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik, deydi Xabar nashri. Qardoshlarimiz o‘z maqsadlariga yetdilar.

Tashkilotchilardan biri Jamolbek Irsaliyevning ma’lum qilishicha, buncha miqdordagi beshbarmoq «Ginnes rekordlar kitobi»ga kirishi mumkin. Tayyorlanishda barcha sanitar normalarga amal qilingan va butun jarayon tasvirga olib borilgan. Shuningdek taom pishirilishi jarayonini kuzatish uchun Shvetsiya va Italiyadan ikki oshpaz tashrif buyurgani ma’lum qilinmoqda.
Bishkekda 1464 kg beshbarmoq va 117 metr chuchuk tayyorlandi
Rekordchi beshbarmoq qozonlari.
Buncha miqdordagi beshbarmoqni tayyorlash uchun 9 ta ot so‘yilgan, har biri 150 litrli 12 ta to‘yqozon o‘rnatilgan, Norin retsepti bo‘yicha tayyorlanuvchi taom uchun 700 kg go‘sht g‘amlandi. Beshbarmoq tayyorlangan qozonlar vazni 438 kilogrammni, tayyor taomning umumiy og‘irligi 1902 kilogrammni tashkil etdi.
Bishkekda 1464 kg beshbarmoq va 117 metr chuchuk tayyorlandi
Chuchukning uzunligi o‘lchanmoqda.
Bu tadbir 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan «Qalpoq kuni»ga bag‘ishlandi va barcha hujjatlar «Ginnes rekordlar kitobi»ga yo‘llandi. Endi ikki hafta muddat ichida bu natija ko‘rib chiqiladi. Rekordni qayd etish bo‘yicha taxminan 500 ming qirg‘iz so‘mini va boshqa xarajatlarni homiylar qopladilar.
Bishkekda 1464 kg beshbarmoq va 117 metr chuchuk tayyorlandi
Rekordga da’vogarlik qayd etilmoqda.
Tayyor taom bolalar uylariga va yetti viloyat oqsoqollariga tarqatildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.