Suriyaga zarbalar berilganidan so‘ng Asad tasvirlangan ilk video

Suriyaga zarbalar berilganidan so‘ng Asad tasvirlangan ilk video
Suriya prezidenti Bashar Asad tasvirlangan videoyozuv Suriya yetakchisining rasmiy Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Videoyozuv Suriya hududiga berilgan zarbalardan bir necha soat o‘tib joylashtirilgan, unga quyidagi izoh qo‘yilgan - «Sukunat tongi». Videoyozuvda Suriya rahbarining prezidentlik saroyiga kirishi tasvirlangan.

Rolik sakkiz soniya davom etgan, unda Asad chamadon bilan o‘z ish joyiga qarab ketayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya hukumati AQSh, Britaniya va Fransiya raketa zarbalari nishoniga aylangan harbiy ob’ektlarni avvaldan evakuatsiya qilishga ulgurgani, bu haqidagi ogohlantiruv Rossiya tomonidan berilgani xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.