Nihoyat Shimoliy va Janubiy Koreya prezidentlari chegarada uchrashdi (foto+video)

Nihoyat Shimoliy va Janubiy Koreya prezidentlari chegarada uchrashdi (foto+video)
Kecha, 27 aprel kuni Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari harbiy kuchlardan xoli hudud — Pxanmunjom chegara qismida uchrashdi.
Nihoyat Shimoliy va Janubiy Koreya prezidentlari chegarada uchrashdi (foto+video)
Ikki davlat rahbarlari ishtirokidagi sammitning birinchi qismida Koreya yarim orolini yadroquroldan holi hududga aylantirish masalasi diqqat-e’tiborda bo‘ldi. Muhokama jarayonida Kim Chen In o‘zaro qarama-qarshilikka chek qo‘yishga chaqirib, uzoq kutilgan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga fursat kelganini ta’kidladi.
Nihoyat Shimoliy va Janubiy Koreya prezidentlari chegarada uchrashdi (foto+video)
Mun Chje In esa ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam aloqalarning o‘rnatilishiga tilak bildirib, Janub va Shimol o‘rtasida temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.
Nihoyat Shimoliy va Janubiy Koreya prezidentlari chegarada uchrashdi (foto+video)
Oliy darajadagi muzokaraning ikkinchi qismida ikki davlat rahbarlari tomonidan sammit yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzoladi.
O‘zaro tinchlik, Koreya yarim orolini birlashtirish va taraqqiy ettirishga bag‘ishlangan Pxanmunjom deklaratsiyasiga ko‘ra, Koreya yarim orolini yadroquroldan holi hududga aylantirish ikki davlatning umumiy maqsadi sanaladi.
Nihoyat Shimoliy va Janubiy Koreya prezidentlari chegarada uchrashdi (foto+video)
Shuningdek, Koreya yarim orolida endi hech qachon urush bo‘lmaydi. Janub va Shimol bir-biriga har qanday dushmanona harakatni to‘xtatadi. Ikkala tomon oliy va boshqa darajadagi faol muzokaralarga doim kirishadi. Janubiy va Shimoliy Koreya temir yo‘llari birlashtiriladi.
Nihoyat Shimoliy va Janubiy Koreya prezidentlari chegarada uchrashdi (foto+video)
Bundan tashqari sammit yakunida tomonlar 1950-1953 yillardagi Koreya urushi oqibatida bir-biridan ajralgan qon-qarindoshlar uchrashuvini tashkil etishga kelishib oldi. Keson chegaraoldi hududida shu kabi gumanitar masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan punkt birgalikda barpo etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.