Afgʻonistonda toliblarning ikki qoʻmondoni yoʻq qilindi

Afgʻonistonda toliblarning ikki qoʻmondoni yoʻq qilindi
Afgʻonistonning janubidagi Zabul viloyatida aviazarbalar berilishi natijasida “Tolibon” harakatining ikki nafar yetakchi qoʻmondoni – Mulla Asad va Mulla Sangari yoʻq qilindi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bergan.

Maʼlum qilinishicha, AQSH boshchiligidagi koalitsiya qiruvchi samolyoti toliblarning Kalat shahri yaqinidagi boshpanasiga zarba bergan. Zarba natijasida yana bir necha kishi yaralangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.