BMT Yamandagi vaziyat haqida maʼlum qildi: “Odamlar oʻtlarni yeyishmoqda”

BMT Yamandagi vaziyat haqida maʼlum qildi: “Odamlar oʻtlarni yeyishmoqda”
Yamandagi vaziyat gumanitar falokat yoqasida turibdi, mamlakatda ocharchilikdan aziyat chekayotgan aholi soni 11,5 mln kishiga yetishi mumkin. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari va favqulodda yordam boʻyicha muvofiqlashtiruvchi Mark Loukok maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

Uning soʻzlariga koʻra, Yaman rialining qadrsizlanishi taxminan 10 million yamanliklar uchun oziq-ovqatga boʻlgan narxlarning oshishiga olib kelmoqda, sababi mamlakatga deyarli barcha oziq-ovqat mahsuloti import qilinadi.

Bundan tashqari, Loukokning taʼkidlashicha, BMT holatni ocharchilik, deb atash mumkin boʻlgan oʻchoqlarni, jumladan, “odamlar boshqa ovqat boʻlmagani uchun barglarni yeyishga majbur boʻlayotgan vaziyatlarni” koʻrmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.