Ketrin Mayorganing advokatlari endi politsiyadan norozi. “Ronaldu ishi” uydirmami?

Ketrin Mayorganing advokatlari endi politsiyadan norozi. “Ronaldu ishi” uydirmami?
Oʻzini Krishtianu Ronaldu tomonidan zoʻrlangan deyayotgan Ketrin Mayorganing advokati Lesli Stovell endi politsiyani ayblamoqda.

Uning aytishicha, huquq-tartibot organlari “Ronaldu ishi” boʻyicha qimmatli dalillarni yoʻqotib qoʻygan.

Advokatning aytishicha, Mayorganing 2009 yil bergan koʻrsatmasini yoʻq ekan. Stovell shuningdek, Mayorganing koʻrsatmasiga koʻra, oʻsha yili Ronalduga qarshi hech qanday chora koʻrmagan. Politsiya esa bu xabarlarni rad etmoqda.

Ayrim manbalarga koʻra, Krishtianu Ketrinning “ogʻzini yopish” uchun oʻshanda 375 ming AQSH dollari bergan. Hozir esa aqshlik 200 ming dollar talab qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.