55 soat vaqtni suv ostida oʻtkazgan misrlik qiz jahon rekordini yangiladi

55 soat vaqtni suv ostida oʻtkazgan misrlik qiz jahon rekordini yangiladi
Misrlik ayol ikki sutkadan ortiq vaqtni Aqaba koʻrfazi tubida oʻtkazdi va shu tariqa akvalangda suv ostida oʻtkazilgan vaqt boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi.

14 yoshli rekordchi Riim Ashraf umumiy hisobda 55 soatni koʻrfaz tubida akvalang bilan oʻtkazgan. U bir necha yildan beri dayving bilan shugʻullanishi va boʻsh vaqtini dengizda oʻtkazishi hamda oʻz mahoratini charxlashi haqida aytgan. Qiz otasi - Misr harbiy-dengiz kuchlari ofitseri taʼsiri ostida ushbu mashgʻulotga qiziqqan.

U bir necha oy davomida Sharm Ash-Shayx kurort shahri yaqinida mashq qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, eng qiyini “suv ostida toʻgʻri uxlashni oʻrganish” boʻlgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.