Magnitogorskda gaz portlashi tufayli 9 qavatli uyning podezdi qulab tushdi

Magnitogorskda gaz portlashi tufayli 9 qavatli uyning podezdi qulab tushdi
Foto: «Dojd»
Rossiyaning Magnitogorsk shahrida gaz portlashi tufayli 9 qavatli uyning pod’ezdi qulab tushdi. Bu haqda «Daryo» nashri ma’lum qildi. Hodisa oqibatida 3 kishi — ikki nafar katta odam va bir bola halok bo‘ldi. Yana 3 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Portlash 31 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 06:00 da ro‘y berdi. Natijada ikki podezd o‘rtasidagi arka ustida joylashgan uchinchidan to‘qqizinchi qavatgacha bo‘lgan bostirmalar qulab tushdi. 110 kishi yashayotgan 48 ta xonadon jabr ko‘rdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.