Nursulton Nazarboyev yoshlar nimaga oʻrganishi kerakligini aytdi (video)

Nursulton Nazarboyev yoshlar nimaga oʻrganishi kerakligini aytdi (video)
Instagramʻda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning arxiv intervyusi eʼlon qilindi.
Videoda davlat rahbari yoshlarga maslahat bergan.

- Men yoshlarga bir narsani aytmoqchiman. Bugungi oʻsib kelayotgan avlod butun dunyo boʻylab ishlaydi. Toʻgʻrimi? Yer yuzida qozoqlar bormagan joy bormi? Sen boshqa mamlakatlarga, Afrikaga borsang, oʻz qoidalaringni oʻrnatasanmi? Sen qozoq ekaningni aytasanmi. Va senga Avstraliya, Amerika va Yevropa mamlakatlariga borganingda itoat etishlari kerakmi? Zamonaviy yoshlar - bu dunyo fuqarolari. Shuning uchun, eng kichik yoshdan boshlab har bir insonning huquqlariga rioya etish, uni tushunish va tinglashni oʻrganish kerak. Faqatgina shunda bizni hurmat qilishadi, - dedi Qozogʻiston prezidenti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.