Bortida yoʻlovchilari bilan yonib ketayotgan samolyot videoga olindi

Bortida yoʻlovchilari bilan yonib ketayotgan samolyot videoga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Iran Air yoʻlovchi samolyotining qoʻnish vaqtida yonib ketish holati videoyozuvi paydo boʻldi.

Hodisa Eron poytaxti Tehron shahridagi Mehrobod xalqaro aeroportida sodir boʻldi. Kadrlarda qoʻnayotgan samolyotning turli qismlari alanga olayotganini koʻrish mumkin.

Dastlabki xabarlarga koʻra, yongʻinga samolyot shassisining nosozligi sabab boʻlgan.
Yongʻinni tezda oʻchirishga muvaffaq boʻlishgan. Yoʻlovchilardan hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.