Putin Mercedes-Benz zavodining ochilishiga Aurus mashinasida tashrif buyurdi

Putin Mercedes-Benz zavodining ochilishiga Aurus mashinasida tashrif buyurdi
Foto: TJournal
3 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyatida Mercedes-Benz zavodining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda \"Daryo\" xabar berdi.

Prezident marosimga «Kortej» loyihasining Aurus mashinasida kelgan, ammo Mercedes’dan ham ba’zida foydalanishini tan olgan.
Rossiyada birinchi Mercedes avtomobil zavodining qurilishi 2017 yilning yozida boshlangan. Loyiha yiliga 25 mingta avtomobil ishlab chiqaradi.

Mahalliy «Kortej» loyihasi 2013 yilda boshlangan. To‘rt yil o‘tgach, Putin ilk bor Aurus brendi ostidagi avtomashinani sinab ko‘rgan. 2018 yilda esa marosimga Aurus Senat Limousine limuzinida kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.