Yarim soat kir yuvish mashinasida qolib ketgan mushuk tirik qoldi

Yarim soat kir yuvish mashinasida qolib ketgan mushuk tirik qoldi
Avstraliyada Poppi laqabli olti oylik mushukcha mashinada yarim soat kiyimlar bilan yuvilganidan so‘ng tirik qoldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, egasi mushukchaning kir kiyimlar savatchasida uxlab qolganini va uni bilmasdan kir yuvish mashinasiga solib yuborganini sezmagan. Lekin biroz vaqt o‘tgach, Poppi yo‘qligini sezgan. Yarim soatdan so‘ng, kiyimni siqish tugmasini bosishdan sal oldin mushukchani ko‘rib qolgan.

Poppi veterinar klinikaga olib kelingan. Shifokorlar uning boshi jarohatlangani va ko‘zlari lat yegani, harorati tushib ketgani va o‘pkasiga suv kirganini aniqlagan. Oradan uch hafta o‘tib, mushukcha to‘liq sog‘ayib ketgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.