Si Szinpin va Kim Chen In «yorqin kelajak» to‘g‘risida kelishib olishdi

Si Szinpin va Kim Chen In «yorqin kelajak» to‘g‘risida kelishib olishdi
XXR raisi Si Szinpin va KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In Pxenyanda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning \"yorqin kelajagi\" uchun hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olishdi. Bu haqda \"Sinxua\" agentligi xabar bermoqda.

Si Szinpin 20 iyun kuni hukumat delegatsiyasi hamrohligida maxsus reys bilan Pxenyanga keldi.
Bu Si Szinpinning davlat rahbari sifatida Shimoliy Koreyaga birinchi tashrifi bo‘ldi.

Avvalroq KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In \"XXR bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash va yanada yuqori darajaga olib chiqish\" niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.